Toz

Toz — ilk o’rta asrlarda yirik turkiy qabilalardan biri. T.lar 10-12- a.larda qipchoqlar tarkibiga kirgan. O’zbeklarning Qurama, nurotalik turkmanlar, qatag’on, Mang’it, kesamir kabi qabila birlashmalari tarkibida bo’lgan. O’zbek qatag’onlari tarkibidagi (tas)lar chovchi, bolg’abosgan kabi tarmoklarga ham bo’lingan. T.lar keyinchalik bir qancha guruhlarga bo’linib, boshqird, qozoq, o’zbek va qoraqalpoq xalklari tarkibiga qo’shilib ketgan.