Tillar tasnifi
Tillar tasnifi — tillarning muayyan belgilar asosida hamda tadqiqotning umumiy maqsadidan kelib chiqadigan qarashlarga Moe keluvchi ma’lum tasnifiy bo’limlar bo’yicha guruhlarga ajratilishi. T.t. muammosi ularni qiyosiy o’rganish vaqtida paydo bo’ladi va ba’zan qiyosiy o’rganishning pirovard maqsadi deb tasavvur etiladi. T.t.ning 2 asosiy turi mavjud: tillarning genealogik tasnifi va tillarning morfologik (tipologik) tasnifi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tasniflarning birinchisi tillarning qarindoshligi tushunchasiga asoslanadi; u qiyosiytarixiy tilshunoslik paydo bo’lgandan keyingina ro’yobga chiqqan. Bunda qarindosh tillar qarindoshlik darajalariga qarab oilalarga (mas., hindevropa, finugor, turkiy, somhom va b. tillar oilalari), bir oila doirasidagi yaqin qarindosh tillar esa guruh va guruhchalarga (mas., hindevropa oilasining slavyan guruhidagi Sharqiy slavyan tillari guruhchasi yoki turkiy tillar oilasining Sharqiy va g’arbiy guruhlari) biriktiriladi. Oiladan kattaroq tasnifiy birliklar (til oilalari to’plami, makrooila va b.)ni aniqlash, belgilashga urinishlar ham mavjud. Tillarning morfologik tasnifi esa tipologik va grammatik xususiyatlarga asoslanadi. U uzgarmas lug’aviy birliklarga ega bo’lgan tillar hamda o’zaro birikib, o’zgarishlarga uchrovchi lug’aviy birliklari bulgan tillarni kiyoslash asosida paydo bo’lgan. Nemis olimi A.V.Shlegel T.t.ning ushbu printsipini tillarni fammatik qurilishli tillar va grammatik qurilishsiz tillarga ajratgan holda rivojlantirdi. Tillarni amorf tillar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar va polisintetik tillarga ajratish ham shu tasnifga asoslanadi. Mazkur turlarning birortasi ham sof holda uchramaydi: dunyodagi barcha tillarning xususiyatlari biridan ikxinchisiga utuvchan xarakterga ega. Nemis olimi g.Shteyntal, avstriyalik F.Misteli va amerikalik E.Sepirning 19-a.da morfologik (tipologik) tasnifni takomillashtirish yo’lidagi urinishlari birmuncha sodda, umumiy tarzda bo’lgan. T. t.ning uchinchi xili — areal yoki geografik tasnif xam mavjud. Bu tasnif mazkur ikki tasnifga nisbatan qo’shimcha, yordamchi mavqeda bo’lib, tillarning yoki bir til doirasidagi lahja va shevalarning geografik joylashuvidan kelib chiqadi (yana q. Lingvistik geografiya). Umuman, T.t. dunyodagi ko’plab xilmaxil tillarni yaxshiroq o’rganish, tadqiq etishda katta yordam beradi. Ad.: Teoreticheskie Osnovi klassifikasii Yazikov mira, ch. 1-2, M., 1980-82; Reformatskiy A.A., Vvedenie v yazikovedenie, M, 1998.