TOVAR RAQOBATBARDOSHLIGI
TOVAR RAQOBATBARDOSHLIGI – tovarning rakrbatli bozor talablariga, bozorga chikarilgan xuddi shunday tovarlarga nisbatan xaridorlar ehtiyojlariga javob berish krbiliyati. Raqobatbardoshlik, asosan, tovar sifati, uning texnika darajasi, iste’mol xususiyatlari hamda eng muhimi — tovar sotuvchisi tomonidan qo’yiladigan narxi bilan belgilanadi. Shuningdek, raqobatbardoshlikka moda, sotish va sotishdan keyingi servis xizmati, reklama, ishlab chiqaruvchining ovozasi (imij), bozordagi vaziyat, talab tebranishlari ham ta’sir ko’rsatadi.