Tkachuk Roman Denisovich

Tkachuk Roman Denisovich (1932.31.8—1994.9.1, Moskva) — aktyor, rej. O’zbekiston xalq artisti (1964). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1955). 1953-58 y.lar Turkiston harbiy okrugi drama teatrida, 1958-65 y.lar rus akademik drama teatrida, 1965 y.dan Moskva satira teatrida ishlagan. Sahnada yaratgan Prisipkin («Qandala»), Klim Samgin («Bo’mbo’sh qalb tarixi»), Bolaganov («Oltin buzoqcha»), Raskolnikov («Jinoyat va jazo»), Hidoyatxon («Maysaraning ishi»), Todoros («yolg’onchi darkor»), Azamat («noma’lum kishi»), Samed («Romeo, mening qo’shnim»), Chasovnikov («Dengiz») kabi obrazlari bilan tanilgan. «Ajoyib qotishma» (V.Kirshon), «Oy sonatasi» (A.Tur), «yolg’onchi darkor» (D.Psafas) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.