Tishli g’ildirak

Tishli g’ildirak, shesternya bir valdan ikkinchi valga harakat uzatish uchun mo’ljallangan detal; tishli uzatmaning asosiy detali. Tsilindr yoki konussimon sirtlarga tishlar kesilgan diekdan iborat. Bir T. G’. tishlari ikkinchi T.G’. tishlari bilan ilashib harakat uzatadi. T.G’. termik yoki kimyoviytermik ishlov berilgan legirlangan po’lat, plastmassa, yog’och, tekstolitdan tayyorlanadi. Tsilindrik, evolventa, tsikloidal va b. shakllarda yasaladi. Tsilindrik T.G’. tishlari tashqi va ichki bo’ladi. Tishlar to’g’ri vintsimon, shevron va qiyshiq qilib yasaladi. T.G’. shesternya deb ham ataladi. Mas., reduktorsozlikda tishlar sonidan qat’iy nazar kichik T.G’.lar shesternya, kattalari g’ildirak deyila – Di. Mashina, asbob, apparat, hisoblagich va b. mexanizmlarda turli shakllardagi T. G’.lar ishlatiladi.