Tobol

Tobol — Qozog’istonning Qo’stanay viloyati, RFning kurgan va Tyumen viloyatlaridagi Daryo. Irtishning chap irmog’i. Uz. 1597 km. Havzasining mayd. 426 ming km2. To’rg’ay platosidan boshlanib, asosan, G’arbiy Sibir tekisligidan o’tadi. Asosiy irmoklari: chapda — Uy, Iset, tura, Tavda; o’ngda— Ubagan. Asosan, qordan to’yinadi. Okt.—noyab.da muzlab, apr.—mayda muzi eriydi. Yog’och oqiziladi. Quyilish joyidan 437 km masofada kema qatnaydi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyida 805 m3/sek. T. bo’yida Lisyakovsk, Rudniy, Qo’stanay, Kurgan, Yalutorovsk sh.lari bor. T.da (suv bilan ta’minlash va sug’orish uchun) suv omborlari qurilgan.