Tiflopedagogika
Tiflopedagogika (Yun. typhlos ko’r va pedagogika) — defektologiyaning ko’r va zaif ko’ruvchi bolalarni o’qitish, tarbiyalash hamda ularni mehnatga tayyorlash masalalarini ishlab chiquvchi sohasi. Bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lishlarini, hayot va mehnatga tayyorlashni maqsad qilib qo’yadi. T. ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar uchun ta’limni takomillashtirish yo’llarini, o’quvtarbiya jarayonini tashkil etish metodlarini, maxsus maktab hamda maktabgacha muassasalar tuzilmasini, ularning ta’limtarbiyasining tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi. T. ning eng muhim vazifasi bolalarda saklanib qolgan ko’rish imkoniyatlaridan o’qish jarayonida to’g’ri foydalanish va uni rivojlantirish, ko’rish imkoniyatla – rini saqlash uchun sharoit vujudga keltirish, ta’limning texnika vositalarini qo’llashdan iborat. T. umumiy va maxsus ped., psixologiya, fiziologik optika, oftalmologiya, pediatriya, maktab gigienasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, tilshunoslik, tiflotexnika fani ma’lumotlariga suyanadi. O’zbekistonda 2002/03 o’quv yili ko’rlar uchun 8 (1,4 ming o’quvchi), zaif ko’radigan bolalar uchun 3(0,6 ming o’quvchi) maktab ishladi.