Tovuslar

Tovuslar (Pavo) — tovuqsimonlar turkumi, qirg’ovullar oilasiga mansub qushlar urug’i. 2 turi bor. Oddiy T. tanasining uz. 100-125 sm, dumi 1,5 sm gacha. Og’irligi 4-4,2 kg. Boshi, bo’yni va ko’kragining bir qismi yashil, orqasi ko’k, tanasining osti qora. Hindiston va Shri Lankadatarqalgan.O’rmonning butazorli qismini xush ko’radi. Uyasini erda chukurcha shaklida yasaydi. 4-7 ta tuxum qo’yib, urg’ochisi 30 kun bosadi. Yashil kanotli T. Hindixitoy va Indoneziyada tarqalgan. Butazorlar, dare qirg’oqlari va b. erlarda yashaydi. T. o’simlik, hasharot va mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Go’shti mazali. Oddiy T. tutqunlikdayaxshi ko’payadi. T. tovuqsimonlarning yirik, chiroyli va jozibador vakillaridan; hayvonot bog’larida boqiladi.