Tito (Broz Tito) (Broz Tito) Iosip
Tito (Broz Tito) (Broz Tito) Iosip (1892.25.5, Kumroves, Xorvatiya — 1980. 4.5) — Yugoslaviya prezidenti (1953 y.dan), YuSFR Prezidiumi raisi (1971 y.dan), marshal (1943). 1915 y. harbiy asir sifatida Rossiyada bo’lgan. 1920 y. vataniga qaytib Yugoslaviya Kompartiyasi (YUKP)ga a’zo bo’lib kirgan. 1934 y.dan YUKP raxbariyatida. 1935-36 y.larda Moskvada, Kominternda ishlagan. 1937 y. dek.dan Yugoslaviyada Yukpni boshqargan; Yugoslaviya kommunistlar soyuzi (YUKS) raisi (1966 y.dan; 1940— 66 y.larda bosh kotib). Yugoslaviyadagi xalq ozodlik urushi davri (1941 — 45) da Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi bosh qo’mondoni. 1945 y. Yugoslaviya hukumati boshlig’i. 1948 y. SSSR va Yugoslaviya o’rtasida davlatlararo va partiyalararo munosabatlar uzilgandan so’ng, T. o’zining sosialistik jamiyat qurish modelini ilgari surgan. Qarshilik ko’rsatish harakati rahbarlaridan biri bo’lgan.