Tilenxidlar

Tilenxidlar (Tylenehida) to’garak chuvalchanglar {nematodalar) sinfiga mansub hayvonlar turkumi. Uz. 0,8 mm dan — 3 sm gacha. Sanchib so’ruvchi organi — stiletining uz. bir necha mkm dan 11 mm gacha, 10 dan ortiq oilasi, bir necha ming turi bor. Ko’pchilik T. — o’simlik parazitlari; ayrim turlari yirtqich yoki hasharotlarda parazitlik qiladi. Sabzavot va poliz ekinlariga bo’rtma nematodalar, g’alla ekinlari (bug’doy, sholi)ga angvinalar, kartoshkaga geteroderalar va kartoshka poya nematodasi katta ziyon etkazadi. T. stileti yordamida o’simlik hujayralari (asosan, er osti qismi) shirasini so’rib oziklanadi. O’simlik to’qimasi ichida yoki organlar sirtida parazitlik qiladi. Maxsus tuxum xaltachasiga, tuproqqa yoki o’simlik to’qimalariga tuxum qo’yadi. Lichinkalari tuproq, suv va o’simliklar niholi orqali tarqaladi.