Tiglatpalasar
Tiglatpalasar (ossuriycha Tukultiapalesharra) — Ossuriyadagp shohdar nomi. Eng mashhurlari: T. I (mil. AV. taxm. 1076 y. v. e.) — shoh (mil. AV. taxm. 1114 — mil. AV. taxm. 1076). Nairi (Urmiya va Van ko’llari atrofi), kichik Osiyo, Suriya, Finikiyaga bir necha zafarli yurishlar qilgan, Bobil bilan tengma teng kurash olib borgan. Ossuriyaga bostirib kirgan oromiy qabilalarini Frot daryosi ortiga surib chiqargan. T II (mil. AV. 727 v.e.) — shoh (mil. AV. 745-727). Mamlakatdagi ichki ahvolni turg’unlashtirishga qaratilgan islohotlar o’tkazgan: noibliklarni yiriklashtirib, noiblarni Markaziy hokimiyatga bo’ysundirgan, shoh qaramog’ida bo’lgan muntazam yollanma qo’shin tuzgan va b. Ossuriyaning bosqinchilik siyosatini davom ettirgan. G’arbda 743-740 ydarda suriyalik, finikiyalik va kichik Osiyodagi hukmdorlarning Arpad koalisiyasini tormor keltirgan, 734-732 y.larda Damashq va Isroil podsholiklari, tir, Filistim sh.lari, Arabiston ya.o.dagi knyazliklar va Edomni birlashtirgan koalisiya ustidan g’alaba qozongan. 737 y. G’arbiy Midiyada o’rnashib olgan. Shim. ga, Urartu (738 va 735) va Bobilga 2 marta (podsholigining boshida va oxirida) yurish qilgan. Bobiddagi hokimiyatni xaldey sardorlari egallab olishga harakat qilmoqda edi. 729 y. shaxsiy uniya asosida T. III Pulu nomi bilan Bobil podshosi bo’lgan. Bosib olingan hududlarning aksariyatida Ossuriya viloyatlari tuzilgan, bir qism erlar Ossuriyaga tobe davlatlarga aylantirilgan. T. III davrida xalklarni bosib olingan bir hududdan boshqasiga yoxud Ossuriyaga ko’chirish amaliyotidan foydalanilgan. Qo’rqmas Abdullaev.