Tibbiyot genetikasi
Tibbiyot genetikasi – odam genetikasining bir bo’limi. Irsiy kasalliklar, ularni aniklash, davolash va oldini olish usullarini o’rganadi. T.g. irsiy kasalliklarni o’rganishda odam genetikasining hamma usullari (geneologik, biokimyoviy, immunologik usullar va egizaklar usuli)dan foydalanadi. 20-a.ning 60-y.larida tsitogenetik tadqiqot usullari va biokimyoviy testlar katta ahamiyat kasb etdi. Irsiy kasalliklar jinsiy hujayralarning xromosomalaridagi o’zgarishlarga bog’liq ekanligi aniqlandi. Mac, xromosomalar soni yoki strukturasining o’zgarishi bir qancha kasalliklar (Daun kasalligi va b.) ga sabab bo’ladi. Irsiy kasalliklarning yuzaga chiqishchiqmasligi ko’pincha muhit omillariga bog’liq. Shuning uchun T.g.ning vazifasi irsiy kasalliklarga moyillik tug’diradigan muhit sharoitlarini aniklab, tegishli choratadbirlarni ishlab chiqishni ham o’z ichiga oladi. T.g.ning rivojlanishida erishilgan yutuklar tufayli bir qancha irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash mumkin bo’lib qoldi. T.g. nuqtai nazaridan konsultasiya o’tkazib, mazkur kasallik bilan ogrigan yoki naslida shunday bemor bor kishilardan kasal farzand tug’ilish xavfi boryo’qligini oldindan aytib berish — irsiy kasalliklarning oldini olishda eng muhimi hisoblanadi (q. Tibbiyotgenetika konsultasiyasi).