Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti
Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti — uzr dagi ilmiy tashkiliymetodik va konsultativ markaz. 1919 y. Toshkent sh.da tashkil etilgan. Dastlab kurortologiya va fizioterapiya inti deb nomlangan. Int kurort manbalari va yangi fizik omillardan davo va profilaktika maqsadida foydalanish, ularni o’rganish hamda shu sohada ilmiy, amaliy mutaxassislar tayyorlashda etakchi ilmiy muassasa hisoblanadi. 1925 y.dan o’lkaga xos kasalliklarni fizik usullar bilan davolash ustida ish olib borib, Urta Osiyo hududida kurort iklimli joylar, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va b. ni o’rgana boshladi. 1932 y. kurortologiya bo’limi ochildi, shundan buen 100 dan ortiq mineral suv va shifobaxsh balchiq manbai va iqlimi kurortbop joylar o’rganilgan va kurortsanatoriy (Chortoq, Toshkent mineral suvi, Chimyon, Polvontosh va h.k.) hamda dam olish uylari (Shohimardon, Oqtosh, Chimyon, Sitorai Mohi Xosa, Shaxand, Miroqi, Vandob) tashkil etilgan. Intda bemorlar sog’lig’ini tiklashga qaratilgan usullar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Intda 8 ilmiy bo’lim, lab., vivariy, kutubxona va muzey mavjud; ilmiy xodimlar orasida 6 fan dri va 17 fan nomzodi bor (2004). 160 o’ringa mo’ljallangan bo’limlar (kardiologiya, artrologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, ginekologiya, umumiy terapiya, fizioterapiya, va b.) da kattalar va bolalar o’z sog’lig’ini tiklaydilar. Intda gipertoniya va yurakning ishemik kasalliklari hamda reproduktiv yoshdagi ayol va erkaklar sog’lig’ini tiklash markazlari ishlab turibdi. Int xodimlaridan 12 fan dri va 89 fan nomzodi etishib chiqdi, 46 ilmiy ishlar to’plami, 50 monografiya, 142 metodik qo’llanmalar nashr etildi. 1990 y.da Termiz sh.da int filiali ochildi. Int faoliyati yo. K. Mo’minov, Z.A. Dolimov, R. A. Katsenovich, N. Majidov, K. Y. Yo’ldoshev va b. olimlarning nom-lari bilan bog’liq. Tiberiy (Tiberius)(Mmi. AV. 42 — mil. 37) — Rim imperatori (14 y.dan). Yuliylar — Klavdiylar sulolasidan. Avgustnnng o’gay o’g’li. Pretorianlarga tayanib avtokratik siyosat yurgizgan. Provintsiyalardagi soliq tizimini tartibga solishga xdrakat qilib, o’z mansabini suiiste’mol qilgan noiblar va olibsotarlarni ta’qib ostiga olgan, jamoat binolari qurilishi va turli tomoshalarga sarflanadigan mablag’larni, shuningdek, plebeylarga tarqatiladigan pul va g’allani qisqartirgan. Imperiyaning moliyaviy ahvolini yaxshilanishiga erishgan.