Tigel

Tigel (nem. Tiegel) — 1) turli materiallar (metall, shisha va b.) ni qizdirish va eritish uchun ishlatiladigan maxsus idish. T. tsilindr yoki kesik konus shaklida bo’ladi. Kiyin eriydigan metallarni eritishda ishlatiladigan T. shamot, grafit va o’tgan chidamli gildan; ba’zi rangli metallarni eritishda po’lat va temirdan; lab. T.i esa chinni, platina va b.dan yasaladi; T. metall qotishmalar va oyna (shisha) quyishda, metall buyumlarni termik ishlashda, lab.larda moddalarni qizdirishda qo’llaniladi; 2) bosmaxonada bosma stanok yoki bosma mashinaning metall plitasi (yostig’i). Qog’ozni bo’yokli bosma qolipga siqish uchun ishlatiladi.