TEHRON KONFERENTSIYASI

TEHRON KONFERENTSIYASI (1943) — 2jahon urushi davridagi 3 ittifoqchi davlat rahbarlarining konferentsiyasi. SSSR (I.V. Stalin), AQSh (F. Ruzvelt) va Buyuk Britaniya (u. Cherchill) qatnashgan. 28 noyab. — 1 dek. da Texron (Eron)da bo’lgan. Germaniyaga qarshi urushda birgalikda harakat qilish va 3 davlatning urushdan keying hamkorlik aloqalari haqida deklarasiyalar hamda 1944 y. 1 mayidan kechiktirmasdan Evropada 2front ochish, Polshaning urushdan keyingi chegaralari haqida va b. qarorlar qabul qilingan. SSSR delegasiyasi ittifoqchilar istaklarini inobatga olib, Germaniya armiyasi tormor etilgandan so’ng, Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilishga va’da bergan.