Gipotoniya

Gipotoniya (gipo… va Yun. Tonos — taranglik) — to’qima, a’zo va siste- malarning bo’shashuvi, ya’ni tonusi (ta- rangligi)ning pasayishi. Yurak-tomir sistemasining tonusi pasayganda kon bosimi past bo’ladi. G. ko’pincha qon bo- simining pasayganligini ifodalaydi (90/60 mm simob ustunidan past). Qon bosimining maromi (normadagisi) yoshga, geografik mintaqaga qarab bir oz farq qilishi mumkin (tropik va subtropik mamlakatlarda yashaydigan kishilarning qon bosimi shim. hududlardagilarga nisbatan pastroq bo’ladi). Sport (ayniqsa og’ir atletika) b-n muntazam shug’ullanadigan yigit-qizlarda, og’ir jismoniy ish qiladigan kishilarda, ba- let artistlarida g. yillab, ba’zan esa umrbod davom etishi mumkin. Bunday kishilar o’zlarini yaxshi sezadilar va be- malol ishlayveradilar. Bufiziologik G. bo’lib, dori-darmonning hojati yo’q. Pa- tologi k g. esa turli infektsion kasalli- klar, zaharlanish, och yurish yoki yolchitib ovqatlanmaslik, shuningdek, endokrin bezlar kasalligi natijasida yuzaga ke- ladi. G. ko’pgina kasalliklarning bosh- lanish belgilaridan bo’lishi yoki vege- tativ nerv sistemasi faoliyatining iz- dan chiqishi sababli mustaqil kasallik sifatida avj olishi mumkin. G.da bosh og’rig’i, madorsizlanish, uyqu buzili- shi, jizzakilik, qon bosimining birday past turishi va b. kuzatiladi. G., odatda, surunkali kechib, vaqt-vaqti b-n, ayniqsa qish-bahorda, shuningdek, ruhiy hayajon yoki noqulay tashqi omillar (ob-havo ke- skin o’zgarganda) ta’sirida qaytalanib turadi. G.ning oldini olish uchun mehnat va dam olishni to’g’ri uyushtirish, dam olish kunlari yaxshi hordiq chiqarish, badan tarbiya b-n shug’ullanish, ertalab achchiq choy yoki qahva ichish, bekamu ko’st ovqatlanish kerak. G. belgilari paydo bo’lganda vrachga murojaat qilib, davola- nish lozim. Davo asosan kasallikka sa- bab bo’lgan omillarni bartaraf etishdan iborat. Qon bosimini ko’taradigan va quvvatga kirgizadigan dorilar, shuning- dek, sanatoriy va kurortlarda davola- nish tavsiya etiladi.