Gidrotermal konlar

Gidrotermal konlar (gidro… va Yun. therme —issiq, qaynoq) —er qa’rida harakatlanadigan qaynoq suvli eritma- larning cho’kmasidan hosil bo’lgan foy- Dali qazilma konlarining yirik guruhi. Gidrotermal eritmalardagi suv manbai 4 guruhga bo’linadi: 1) magmatik suv — magma soviyotganda va undan tog’jinsla- ri kristallanayotganda ajralib chiqadi; 2) metamorfik suv —er po’stining chuqur zonalarida tarkibida suv mavjud bo’lgan minerallarning qayta kristallanishi- dan hosil bo’ladi; 3) dengiz cho’kindi jinslari g’ovaklarida saqlangan va er po’stidagi siljishlar yoki ichki t-ra ta’- siridan harakatlanadigan suv; 4) o’zidan suv o’tkazuvchi jinslar orqali erning chuqur qismlariga etib boradigan me- teor suv. Eritmadagi mineral modda- larning cho’kishidan shakllangan g.k. so- viyotgan magmadan ajralishi mumkin. Qaynoq suvli eritmalar turli kimyoviy elementlar (uchuvchan komponentlar)ga boy. Bu eritmalarning dastlabki t-rasi 700-600° bo’lib, asta-sekin soviydi va 50-20° gacha pasayadi. Ko’pincha G. k.da eng ko’p ruda hosil bo’lishi 400-100° intervalda sodir bo’ladi. Bu eritmalar asosan yoriqlar bo’ylab harakat qiladi. Er yuziga chiqish paytida ulardagi bo- sim va t-ra pasayib, tog’jinslarining bo’shliq va darzliklarida turli mine- rallar kristallanadi. Eritmalar ba’zan o’zida ohaktosh, dolomit va b.ni eritib, qayta kristallanib, tomirsimon yoki qatlamsimon g. k. hosil qiladi. Rudaga boy qaynoq eritmalar tog’jinslari b-n reaktsiyaga kirishib, ularni o’zgartiradi. G. k.ning ko’pchiligi antiklinal burma- larning gumbaz qismidan kesib o’tgan yoriqlarda joylashadi. Yoriqlarning qaynoq eritmalar b-n to’lishi natija- sida ularga moslashgan shakli va hajmi turlicha g. k. hosil bo’ladi. G. k.ning shakli va hajmi ular joylashgan tog’ jinslarining tarkibi, strukturasi va yotish holatiga bog’liq; ko’pincha tomir, shtokverk qatlamsimon va noto’g’ri shak- lda uchraydi. G. k.ni sulfid, oksid, sof elementlar, volframat, karbonat va si- likatlar tashkil qiladi. G. k.da rudali minerallar notekis tarqalgan, ba’zan faqat og’ir metallar sulfididangina iborat. Tarkibidagi asosiy rudaning ko’pligiga qarab g. k.ning quyidagi aso- siy ruda xillari ajratiladi: 1) sulfide rudalar —mis, rux, qo’rg’oshin, molib- den, vismut, nikel, kobalt, surma, si- mob konlari; 2) oksid rudalar — temir, volfram, tantal, niobiy, qalay, uran konlari uchun mansub; 3) karbonat ruda- lar, ba’zi bir temir va marganes konla- riga xos; 4) sof rudalar — oltin va ku- mush; 5) silikatli, nometall konlar (as- Best, slyuda), shuningdek ba’zi bir Nodir metall (berilliy, litiy, toriy, kamyob elementlar) konlarini hosil qiladi. Ad.: Abdullaev X. M., Geneticheskaya svyaz orudeneniya s granitoidnimi in- truziyami, 2 izd., M., 1954; Betextin A. G., v SB.: Gidrotermalnie rastvori, IX priroda i prosessi rudoobrazovaniya, Osnovnie problemi v uchenii o magmato- gennix rudnix mestorojdeniyax, 2 izd., M., 1955; Xamrabaev I. X., Magmatizm i postmagmaticheskie prosessi v Zapadnom O’zbekistane, T., 1958.