YUSUF IBN QUSAYR MAQBARASI
YUSUF IBN QUSAYR MAQBARASI, Otabobo maqbarasi — Ozarbayjon o’rta asrlar me’morlik yodgorligi (1162); Naxichevanda. Me’mor Ajamiy ibn Abu Bakr tomonidan bunyod etilgan. Maqbara 8 qirrali minorasimon shaklda, pishiq g’ishtdan qurilgan; usti qo’sh qavatli kulohiy gumbaz bilan Yusuf ibn Qusayr maq barasi yopilgan. Inshoot yuksak darajadagi qurilishmuhandislik echimi bilan ajralib turadi. Mavj usulida terilgan g’isht qalamlarining bo’rtma yuzasi inshootning umumiy shakli bilan uyg’unlashgan.