Geotexnologiya

Geotexnologiya (Geo… va tex- nologiya) — foydali qazilmalarni er qa’ridan qazib olishning maxsus ki- myoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va mikrobiologik yoki ularning yotgan joy- larida qaytadan ishlash metodlari. G. er ostida odamlar ishtirokisiz baja- riladi. Foydali qazilmalar g.da Burgi qudug’i orqali qazib oli-nadi. G. ga er ostida kumirni gazlashtirish, bacterial ishkrrsizlantirish, oltingugurtni eri- tish, qattiq holdan gaz holatiga o’tuvchi jinslarni haydash, vulkan jinslari va issiq suvlardan minerallarni ajratish, neft va neft mahsulotlarini termik yo’l b-n olish va b. misol bo’ladi. Dunyo bo’yicha oltingugurtning 2/3 qismi kuchli isitilgan suv yordamida er ostida ruda- li jismlardan eritib olinadi, bunda uning sifati yuqori bo’ladi (99,99%). Shu yo’l b-n 80-90° da eriydigan asfalt, bura (tanakor), ozokerit (tog’mumi) va b. eruvchi minerallarni qazib olish mumkin. G. sanoat rudasi kam bo’lgan va tarqoq elementlar bor konlarda ishlati- ladi. G. ilmiy yo’nalish bo’lib, foydali qazilmalarni ajratib olishning opti- mal texnologiyasi bilan shug’ullanadi.