Gerbariy

Gerbariy (lot. herba — o’t, o’simlik) — 1) ma’lum maqsadlar (Flo- ra, sistematika, geobotanika, geogra- fiyaga oid tadqiqotlar olib borish va b.) uchun maxsus usullar asosida yig’ib quritilgan o’simliklar kollektsiyasi. Dunyoda o’simliklarning 300000 dan ziyod turi saqlanadigan 500 ga yaqin Yi- rik g. bor. Bunday kollektsiyalarning eng kattalari Parij, Praga, London (Linney G.si), Jeneva (Dekamdol va bu- ase g.si), Vashington, London, Sankt- Peterburg, Moskva, Toshkent, Tomsk, Kiev kabi shaharlarda to’plangan. Tosh- kent (O’zbekistan FA Botanika in- ti va botanika bogi) da bir mln.dan ziyod o’simlik nusxalari saqlanadi. Umumiy G. (muayyan hudud o’simliklari kollektsiyasi) va maxsus g. (ovqatga ishlatiladigan, texnik, dorivor va b. o’simliklar kollektsiyasi) bo’ladi. Yig’ilgan o’simliklar tikiladigan yoki yopishtiriladigan qog’oz 42×30 sm hajmda bo’lishi lozim. Maxsus qog’ozlarga tiki- lib yorliqlari yopishtirilgan o’simlik nusxalari dunyo bo’yicha qabul qilingan yagona tizim (Engler tizimi) asosida g.lar uchun maxsus tayyorlangan shkaf yoki qutilarda saqlanadi. 2) tayyor kollektsi- yalar (g.lar) saqlanadigan va ular ustida ilmiy ishlar olib boriladigan maxsus muassasalar.