GERMANIDLAR

GERMANIDLAR — germaniynint metallar b-n hosil qilgan birikma- lari. G. yaltiroqligi metallarga xos, mo’rt, qattiq moddalar. Ikkilamchi (mas, FeGe, Cu3Ge) va uchlamchi (mas, MnAlGe) G. mavjud. Ko’pchiligining suyuqlanish t-rasi yuqori. Mac, Zr5Ge3 ning suyuqlanish t-rasi 2330°, HfGe3 niki 2200″, Th3Ge2 niki 2000°. G. aksariya- tining elektr o’tkazuvchanligi metallar- ga o’xshash, o’ta o’tkazuvchanlik holatiga o’tish t-ralari yuqori. Mac, V3Ge uchun u 6,0°K va Nb3Ge uchun esa 6,9°K. G. ora- sida yarimo’tkazgichlar (mas, Mg2Ge), ferromagnetiklar (mas, Mp5se) ham bor. Ishqrriy va ishqoriy er metalla-rining g.i havoda oksidlanadi, suvda gidrolizlanadi, kislotalar ta’siri- da ajraladi. G. tegishli elementlarni qizdirish yoki eritish, shuningdek erit- malarni elektroliz qilish, oksidlar- ni qaytarish va b. usullar b-n olinadi. Ba’zi G. yarimo’tkazgich va magnit Mate- riallar, yadro texnikasi va termoele- mentlar uchun xom ashyo, qotishmalarning mustahkamligini oshiruvchi moddalar- dir.