Gerasimov Sergey Apollinarievich
Gerasimov Sergey Apollinarievich (1906.21.5, Ekaterinburg – 1985.28.11, Moskva) — rus kino rejissyo- ri, kino nazariyotchisi. San’atshunoslik fanlari dri. 1946 y.dan kinematografiya in-tining prof. (hoz. in-t g. nomida) G. obrazlarni aniq va o’tkir shtrixlar- da gavdalantirish ustasi. Voqealarni Real, ishonarli tasvirlashga intilish, qahramonning o’ziga xos xususiyatlarini, uning psixologik kechinmalarini teran ochib berishga qiziqish zamona-viy mavzu- da yaratgan filmlarida o’z aksini topdi. Filmlari: «etti Botir», «o’qituvchi», «Maskarad», «yosh gvardiya», «tinch oqar Don», «ko’l bo’yida», «insonni sevmoq», «Pyotrning yoshligi», «Kizil va kora», «Ezgu ishlar boshida», «Lev Tolstoy» va b. G. rej. — ustoz sifatida aktyorlar b-n ishlashga, yoshlar dunyoqarashining badi- iy tahliliga alohida e’tibor qaratgan. Rej. ayniqsa kinoroman shakllariga Su- yanib ijod qilgan.