GYOTTINGEN UNIVERSITETI

GYOTTINGEN UNIVERSITETI, Georg avgust nomidagi Gyottingen un- ti — Germaniyaning yirik un-tlaridan biri. 1737 y. Gyottingen sh.da tashkil etilgan. 19-a. boshlarida madaniy va milliy siyosiy harakat markazlaridan biriga aylangan. Mashhur prof.lar (ma- tematik g. Gaue, tarixchi F. Dalman, filologlar aka-uka ya. va B. Grimmlar) faoliyati tufayli un-tda tarix, siyosiy, tabiiy va mat. fanlari etakchi mavqega ega bo’ldi. G.u. da B. Riman, F. Kleyn, D. Gilbert, G. Minkovskiy kabi matema – tiklar ishlagan. Un-t teologiya, yuridik va siyosiy fanlar, tibbiyot, falsafa, iqtisod, ijtimoiy fanlar, tabiiy mat., o’rmonchilik, q.x. va b. sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 30 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Kutubxonasi- da 2 mln.dan ortiq asar saqpanadi.