1 aprel kun tarixi

Bugun 1-aprel 2024-yil, dushanba.

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro qushlar kuni.
? Hazil-mutoyiba kuni.
? Xalqaro tatting kuni.
? Tez eruvchan kofe tug‘ilgan kun.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Tailand – Davlat xizmati kuni.
?? Tanzaniya – Daraxt ekish kuni.
?? Indoneziya – Milliy radioeshittirish kuni.
?? San-Marino – Kapitan regentlarining sarmoyasi.
?? Eron – Islom Respublikasi kuni.
?? Kipr – Milliy bayram.
?? Janubiy Afrika – Oila kuni.

? VOQEALAR:

  • 325 – To’rt yoshli Chen-di Szin imperiyasi taxtini otasi Min-didan meros qilib oldi.
  • 537 – Vizantiya imperatori Yustin I jiyani Yustinian I ni o‘ziga yordamchi va bo‘lg‘usi imperator etib tayinladi.
  • 568 – Langobardlarning Italiyaga bosqini boshlandi.
  • 1579 – Vilen universitetiga asos solindi.
  • 1734 – Kanadada birinchi mayoq foydalanishga topshirildi
  • 1748 – Qadimgi Rimning Pompey shahrida qazish ishlari boshlandi.
  • 1778 – Yangi Orleanlik Oliver Pollok dollar belgisi – $ ni o‘ylab topdi.
  • 1808 – Aleksandr I Finlyandiyani Rossiyaga qo’shib olish maqsadida urush e’lon qildi.
  • 1875 – Dunyodagi birinchi ingliz “Tayms” gazetasi haftalik ob-havo ma’lumotlarini bera boshladi.
  • 1889 – Chikagoda ilk bor idish-tovoq yuvish mashinasi paydo bo‘ldi.
  • 1890 – Belgiyalik muhojir Sharl Van Depul AQShda birinchi trolleybusga patent oldi.
  • 1891 – rassom Pol Gogen Fransiyadan Taitiga ketdi.
  • 1918 – Buyuk Britaniya Havo Kuchlari tashkil topdi.
    -1937 – Birma Hindistondan ajralib chiqdi.
  • 1938 – Nescafé qahvalari ishlab chiqarila boshlandi.
  • 1939 – Ispaniyada fuqarolar urushi tugadi.
  • 1940 – Nyu-Jersida birinchi bor elektron mikroskop namoyish qilindi.
  • 1948 – Farera orollari Daniyadan muxtoriyat oldi.
  • 1951 – Isroilda “Mossad” tashqi razvedka xizmati tashkil etildi.
  • 1976 – Stiv Jobs va Stiv Voznyak Apple kompaniyasiga asos solishdi.
  • 1979 – Oyatullo Humoyniy Eronni Islom Respublikasi deb e’lon qildi.
  • 1981 – SSSRda doimiy yozgi vaqtga o‘tildi.
  • 1997 – Prezident Yelsin barcha rossiyalik chinovniklar Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarda yurishi shartligi haqida qonun qabul qildi.
  • 1998 – Xeyl kometasi Quyoshga juda yaqin keldi.
    -2004 – Google Gmail pochta xizmatini joriy qildi.
  • 2009 – Albaniya va Xorvatiya NATOga a’zo bo‘ldi.
  • 2016 – Tog‘li Qorabog‘da “to‘rt kunlik urush” nomini olgan qurolli to‘qnashuvlar boshlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1578 – Uilyam Garvey (1657) – ingliz shifokori, fiziolog va embriolog.
  • 1697 – Antuan-Fransua Prevo (1763) – fransuz yozuvchisi.
  • 1750 – Gugo Kollontay (1812) – Ma’rfat davri polyak publisisti va jamoat arbobi.
  • 1809 – Nikolay Gogol (1852) – rus yozuvchisi, shoir, tanqidchi, jahon adabiyotining klassik namoyondasi.
  • 1815 – Otto fon Bismark (1898) – «temir kansler» deb atalgan knyaz, siyosatchi, davlat arbobi, Germaniya Imperiyasining birinchi kansleri (1871-1890).
  • 1840 – Illarion Pryanishnikov (1894) – rus rassomi, o’qituvchi.
  • 1865 – Rixard Adolf Zigmondi (1929) – avstriyalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1925).
  • 1868 – Edmond Rostand (1918) – fransuz shoiri, dramaturg.
  • 1873 – Sergey Raxmaninov (1943) – rus bastakori, pianinochi va dirijyor.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1883 – Lon Cheyni (1930) – amerikalik ovozsiz kino aktyori.
  • 1919 – Jozef Edvard Myurrey (2012) – amerikalik jarroh, Nobel mukofoti sohibi (1990).
  • 1920 – Ubaydulla Karimov (1997) – oʻzbek sharqshunos olimi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).
  • 1933 – Klod Koen-Tannuji – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1997).
  • 1934 – Vladimir Pozner – sovet va rus jurnalisti, teleboshlovchi, yozuvchi.
  • 1947 – Alen Konn – fransiyalik matematik. 
  • 1976 – Rud van Nistelroy – sobiq golland futbolchisi, hujumchi, FIFA 100 roʻyxatiga kirgan buyuk futbolchilardan biri.
  • 1986 – Iren Vyust – niderlandiyalik konkida uchuvchi, 5 karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.