3 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Butunjahon matbuot erkinligi kuni.
? Xalqaro Quyosh kuni.
? Turkiylar birdamligi kuni.
? Spam tug’ilgan kun.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Filippin – Santa Kruz kuni.
?? Yaponiya – Konstitutsiyani xotirlash kuni.
?? Polsha – Konstitutsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • 1241 – Piza va Sitsiliyaning birlashgan floti Meloriya (Giglio) jangida Genuya flotini butunlay tor-mor qildi.
  • 1494 – Xristofor Kolumb Yamaykani kashf etdi.
  • 1791 – Varshavada seym Yevropada birinchi Rech-Pospolita konstitutsiyasini qabul qildi.
  • 1802 – Derpt universiteti ochildi.
  • 1803 – Rossiya imperatori Aleksandr I Moskvada Hospis uyi (keyinchalik Sklifosovskiy nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti) tashkil etishga ruxsat berdi.
  • 1808 – Rus-Shved urushi: ruslar Sveaborg qal’asini egalladilar.
  • 1815 – Polsha Qirolligi tashkil topdi. Vena kongressining qaroriga ko‘ra Rossiya imperiyasining tarkibiga kiritildi.
  • 1815 – Tolentino jangida Neapol urushi hal boʻldi.
  • 1841 – Yangi Zelandiya britan mustamlakasi deya e’lon qilindi.
  • 1867 – Birinchi Jeneva konvensiyasi qabul qilinganidan uch yil o’tgach, Rossiyada Qizil Xoch jamiyati tashkil etildi.
  • 1902 – AQShda «Pepsi» kompaniyasi tashkil topdi.
  • 1904 – Amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi sharikli ruchka uchun patent oldi.
  • 1919 – Bavar Respublikasining soʻnggi hukumat majlisi boʻldi.
  • 1920 – Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston – turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi.
  • 1932 – G. M. Beriev MBR-2 uchuvchi qayig’ining birinchi parvozi.
  • 1937 – Margaret Mitchellning «Shamollarda qolgan hislarim» romaniga Pulitser mukofoti berildi.
  • 1946 – Tokioda yaponiyalik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayoni boshlandi (1948-yil 12-noyabrgacha davom etgan).
  • 1947 – Yaponiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1953 – Germaniyada «Deutsche welle» («Nemis to‘lqini») radiostansiyasi eshittirishlarini boshladi.
  • 1957- Qorachoy xalqi vataniga qaytarildi.
  • 1958 – AQSh prezidenti Eyzenxauer Antarktikani demilitarizatsiyalashni taklif qildi.
  • 1968 – Parijda talabalar qoʻzgʻolonining bostirilishi.
  • 1978 – Yoqmaydigan reklama xabari – spam ilk bor rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan.
  • 1991- Namibiya poytaxtida «Vindxuk deklaratsiyasi» imzolandi. Unda dunyo mamlakatlari hukumatlari matbuot erkinligini ta’minlashga chaqiriladi. YUNESKO qarori bilan har yili Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.
  • 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekneftgaz» – O‘zbekiston neft va gaz sanoati» Davlat konsernini tuzish to‘g‘risida» Farmon chiqardi. 
  • 1994 – Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqasi ochildi.
  • 1997 – Inson va kompyuter kurashi: Garri Kasparov «Deep Blue»ga qarshi shaxmat musobaqasiga kirishdi.
  • 2000 – London va Frankfurt birjalari birlashdi.
  • 2004 – Yangi “Sasser” internet qurti butun dunyo bo‘ylab yuz minglab shaxsiy kompyuterlarni zararlagan.
  • 2005 – Afg’onistondagi harbiy omborda portlash (Bashgah qishlog’i, Bag’lon viloyati, Kobuldan 125 km uzoqlikda). 28 kishi halok bo’ldi, 70 dan ortiq kishi jarohat oldi.
  • 2006 – Armanistonning «Armavia» kompaniyasiga qarashli «A320» yo‘lovchi samolyoti Sochi yaqinida dengizga qulab tushdi. Samolyot bortidagi 105 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.
  • 2009 – «The Mail on Sunday» gazetasi tanklar vatani Buyuk Britaniya ularni chiqarishni to‘xtatganini ma’lum qildi.
  • 2021 – Mexiko shahridagi metro estakadasining qulashi. 26 kishi halok bo’ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1469 – Nikkolo Makiavelli (1527) – italyan davlat arbobi va mutafakkiri.
  • 1845 – Ilya Mechnikov (1916) – rus biologi, qiyosiy patologiya, evalyutsion embriologiya va immunologiya asoschilaridan. Nobel mukofoti sohibi (1908).
  • 1848 – Vasnetsov Viktor (1926) – rus rassomi.
  • 1860 – Jon Skott Xoldeyn (1936) – shotland fiziologi.
  • 1866 – Geynrix Evald Xering (1948) – ingliz fiziologi, taktil sezuvchanlikning mutlaq chegarasini oʻrganish uchun asbob ixtirochisi.
  • 1874 – Vagn Ekman (1954) – shved okeanografi, zamonaviy okeanografiya asoschilaridan biri.
    -1891 – Mixail Bulgakov (eski taqvim bo‘yicha) (1940) – rus adibi, “Usta va Margarita” “Ityurak” va boshqa bir qator asarlar muallifi.
  • 1892 – Jorj Pajet Tomson (1975) – ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
  • 1901 – Ebbe Shvarts (1964) – daniyalik futbol funksioneri, UEFAning birinchi prezidenti (1954-1962).
  • 1902 – Alfred Kastler (1984) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1966).
  • 1906 – Mary Astor (1987) – amerikalik kinoaktrisa. 
  • 1919 – Noil Abubakirov (1998) – kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979).
  • 1921 – Mirmuhsin (2005) – o‘zbek yozuvchisi va shoiri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
  • 1924 – Izador Zinger (2021) – amerikalik matematik, Abel mukofoti sohibi.
  • 1933 – Stiven Vaynberg – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1979).
  • 1940 – Hoshimjon Olimjonov (2017) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1987). 
  • 1941 – Nona Gaprindashvili – gruzin shaxmatchisi, jahon chempioni.
  • 1942 – Vera Chaslavska (2016) – chexoslovakiyalik gimnastikachi, 7 karra Olimpiya chempioni, 4 karra jahon chempioni.
  • 1942 – Szin Yuyshjan – 1644-1912-yillarda Xitoyni boshqargan Aysin Gyoro imperator sulolasining avlodi. 2015-yildan beri Manchjur taxtining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisi.
  • 1965 – Mixail Proxorov – rossiyalik sobiq siyosatchi va tadbirkor, millarder. 
  • 1965 – Rob Brydon Jones – uelslik aktyor.
  • 1976 – Sergey Mixaylov – bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (2002), «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» (2000).
  • 1982 – Rebekka Mariya Xoll – ingliz aktrisasi.
  • 1983 – Kamolidiin Tojiyev – Oʻzbekistonlik futbolchi, ampluasi himoyachi.
  • 1989 – Katinka Xossu – vengriyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.