14 avgust kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon kaltakesaklar kuni.
? “Telegram” mesendjerining tug‘ilgan kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Hindiston ‐ Bo’linish dahshatlarini xotirlash kuni.
?? Indoneziya – Skautlar kuni.
?? Polsha – Energetika sanoati xodimlari kuni.
?? Dominikan Respublikasi – Muhandislar kuni.
?? Pokiston – Mustaqillik kuni.
?? Zimbabve ‐ Qahramonlar kuni.
?? Samoa ‐ Otalar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1248 – Kyoln cherkovi qurilishi boshlandi.
  • 1385 – Krevsk uniyasi tuzildi.
  • 1457 – Maynsda nashriyotchilarning ismi ko’rsatilgan birinchi kitob – Psaltir nashr etildi.
  • 1619 – Virjiniya Shimoliy Amerikada mastlikka qarshi birinchi qonunni qabul qildi – uzum etishtirish taqiqlangan.
  • 1775 – Podsho buyrug’i bilan Zaporoje Sechesi yo’q qilindi.
  • 1790 – Rossiya va Shvetsiya o’rtasida Verela sulhi imzolandi.
  • 1865 – Sankt-Peterburgda zoologiya bog’i ochildi.
  • 1888 – Oliver Shellenberg elektr hisoblagichini patentladi.
  • 1919 – Germaniyaning Veymar konstitutsiyasi e’lon qilindi va kuchga kirdi.
  • 1936 – Olimpiya o’yinlarida basketbol birinchi o‘ynaldi.
  • 1941 – Buyuk Britaniya va AQSh Atlantika xartiyasini imzolashdi.
  • 1945 – Moskvada Sovet-Xitoy do’stlik va ittifoq shartnomasi 30 yil muddatga imzolandi.
  • 1945 – Yaponiya imperatori Xiroxito Yaponiyani so’zsiz taslim bo’lishi to’g’risida farmon chiqardi.
  • 1947 – Pokiston mustaqil davlat bo’ldi.
  • 1971 – Bahrayn mustaqillikka erishdi
  • 1984 – «IBM» firmasi «PC DOS 3.0» ni chiqazdi.
  • 1985 – Maykl Jekson «The Beatles» qoʻshiqlariga egalik huquqini sotib oldi.
  • 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Ukraina bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
  • 1994 – Xabbl teleskopi Uran xalqalarini suratga oldi.
  • 2016 – hamyurtlarimizning ikki nafari Rio Olimpiadasida shoxsupaga ko’tarilgan edi: Hasanboy Do‘stmatov oltin medal, Elmurat Tasmuradov bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1688 – Fridrix Vilgelm I (1740) – Prussiya qiroli (1713-1740).
  • 1777 – Xans Kristian Ersted (1851 y.) – Daniyalik fizik.
  • 1842 – Vladimir Kovalevskiy (1883) – rus tabiatshunosi, evolyusion paleontologiyaning asoschisi. 
  • 1860 – Ernest Seton Tompson (1946) – kanadalik yozuvchi va rassom. 
  • 1867 – Jon Golsuorsi (1933) – ingliz yozuvchi va dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi (1932).
  • 1900 – Tamara Sereteli (1968) – sovet estrada qo’shiqchisi (kontralto).
  • 1907 – Mirkarim Osim –
    yozuvchi va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
  • 1930 – Yayra Abdullayeva (2019) – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1964).
  • 1933 – Richard Ernst – shveytsariyalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1991).
  • 1960 – Sara Braytman – ingliz qo’shiqchisi va aktrisasi.
  • 1962 – Alyona Sviridova – qo’shiqchi, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1972 – Loran Lamot – Gaitiyalik siyosatchi, Gaiti Bosh vaziri (2012-2014).
  • 1978 – Sardor Komilov – oʻzbekistonlik jurnalist, blogger, rejissor, Sayyod koʻngilochar blogi asoschisi va muharriri, Sayyod taxallusi bilan ijod qiladi. 
  • 1979 – Denis Lebedev – rossiyalik professional bokschi, jahon chempioni.
  • 1983 – Mila Kunis – amerikalik kino aktrisasi.
  • 1985 -Eshlinn Bruk – amerikalik model va aktrisa.
  • 1985 – Shi Ueber – kanadalik xokkeychi, himoyachi, ikki karra Olimpiya chempioni (2010, 2014), jahon chempioni (2007).
  • 1986 – Gabriella Sabo – vengriyalik baydarkachi, uch karra Olimpiya chempioni.