Nimaga olimlar ogʻir koʻrpa ostida uxlashni maslahat berishadi?
— Uxlash yoki dam olish uchun ogʻir koʻrpadan foydalanish serotonin («baxt gormoni») va melatonin («uyqu gormoni») darajasini oshiradi, tashvish va asabiy taranglikni kamaytiradi. Shu tarzda uyqu qattiq va osoyishta boʻladi.
— Bundan tashqari, vaznli koʻrpa sizga tezroq uxlab qolish va qisqa vaqt ichida uyquga toʻyish imkonini beradi. Amerikalik olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, ogʻir koʻrpadan foydalanuvchilarning 76 foizi odatdagidan tezroq uxlab qolishgan.