Nimaga mushuklar bodringdan qoʻrqadilar?

— TikTok, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar, YouTube’ga oʻxshash platformalarda mushuklarning bodringni tasodifan koʻrib qolib, qattiq qoʻrqqani aks etgan videolar tarqalmoqda. Koʻpchilik bundan hayratda.

— Olimlar mushuklarning bodringga bo’lgan munosabati — ularning azaliy instinktlari uyg’onishi deb hisoblashmoqda. Mushuklar bodringni ilonga oʻxshatadi va qo’rqib ketishadi. Xuddi shu uslub bilan siz har qanday cho’zinchoq narsalarni – banan, sabzi, baqlajon va boshqalarni qoʻyganingizda ham mushuklarning sakrashiga guvoh boʻlasiz.