Alyuminiy oksidi (glinozem)
Alyuminiy oksidi (glinozem) – oq kristalli modda bo’lib, uning kimyoviy belgilanishi – Al2O3, bu modda suvda erimaydi, erish harorati 2050 C. Tabiatda rangsiz, qizil yoqut, ko’k yoqut ko’rinishidagi korundlar – minerallar sifatida uchraydi. Alyuminiy oksidi alyuminiy olish uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi, alyuminiyga ega bo’lgan ruda, ko’proq boksitlardan olinadi.