Andezit
Andezit – normal ishqorli, o’rta tarkibli vulqon jinsi. Andezit yuqori issiqlikka, kislotaga va olovga bardoshli, mexanik mustahkamlikka va qovushqoqlikka ega. Kislota ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan inshootlarni, turli reaktsion va adsorbtsion minoralar, tindirgichlar, sovutgichlarni va hokazolarni futerovka qilish uchun ishlatiladi.