Ankerli plita
Ankerli plita – 1) ankerli bolt asosidagi metall plita, u ankerli (poydevor) bolt beton ichida ishonchli joylashishi va cho’zuvchi (sug’uruvchi) ichki zo’riqish kuchlari yuzaga kelganda anker uzunligini kamaytirish uchun xizmat qiladi; 2) EUL (elektr uzatish liniyalari) hamda boshqa machtalarning metall va temir-beton tayanchlarining tortiqlarini gruntga mahkamlash uchun mo’ljallangan temirbeton plitalar.