Bazalt tolalari (bazalt paxtasi)

Bazalt tolalari (bazalt paxtasi) – bazalt minerali eritib olinadigan tola u 1000 C gacha haroratiga bardosh beradi, korrozitsiyaga qarshi yuqori bardoshlikka ega, sanoat sovutgichlari va qurilish konstruksiyalari uchun issiqlik izolyatsiyalovchi material (olovbardosh matlar, plita va tasmalar) sifatida qo’llaniladi. Bazalt paxtasining zichligi 75-100 kg/m3, issiqlik o’tkazuvchanligi 0,03-0,04 Bt/ (mC)ni tashkil etadi. Bazalt tolasidan tayyorlangan mineral tolali plitalar binolarning tashqi issiqlik izolyatsiyasini bajarishda qo’llanilmoqda. Bazalt tolasining ikkita turi mavjud-shtapelli va uzluksiz.