Bitumli mastikalar
Bitumli mastikalar – korroziyadan himoya qilish uchun tom yopish va boshqa qurilish materiallarini, gidroizolyatsiya qurilmalari va konstruktiv elementlarni qoplash uchun ishlatiladi. Issiq bitum mastikalar bitum aralashmasi va mayda to’ldiruvchilarga (bo’r, asbest va boshqalar) ajratiladi, qo’llashdan oldin erishigacha 140-160C qizdiriladi. Sovuq bitum mastikalar-organik erituvchilarda bitum eritmasiga (yashil moy va boshqalar) to’ldiruvchilar qo’shilishi bilan olinadi. Bitumli mastika xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga rezina poroshogi, polimerlar, kanifol va boshqalar qo’shiladi.