Brekchiya

Brekchiya – bir yoki bir necha tog’ jinslarining o’tkir uchburchak uchli (1 sm va undan katta) parchalaridan iborat bo’lgan biron-bir mineral modda (tsement) bilan bog’langan siniq toshli jinslar guruhi. Tabiiy tosh (granit, gabro) ning qattiq jinslaridan olinadigan brekchiya o’zining yuqori mustahkamligi, namlik va sovuqqa chidamlilik ko’rsatkichlari, yemirilish koeffitsiyentining pastligi bilan ajralib turadi. Fasad, tsokol va kirish joylari, favvoralar, suv qirg’oqlari, ochiq suv havzalari, memorial kompleks va monument va boshqalarni qoplash uchun juda mos keladi. Yumshoq jinslardan tayyorlangan brekchiya yuqori dekorativ sifat ko’rsatkichlariga ega, undan interyerni bezatishda ko’proq foydalaniladi.