Vermikulit-beton
Vermikulit-beton – bo’rttirilgan vermikulit to’ldiruvchili yengil beton turi. O’rtacha zichligi (hajmi bo’yicha) 250-400 kg/m3 bo’lgan vermikulit-betondan sanoat uskunalarini izolyatsiya qilishda, binolarning to’suvchi konstruksiyalariga isitish qoplamasini yotqizishda foydalaniladi. 600-1000 kg/m3 o’rtacha zichlikka ega bo’lgan ancha og’ir (konstruktiv izolyatsiyali) vermikulitbeton devor panellari, bloklar, to’suvchi konstruksiyalar va hokazolarni tayyorlashda qo’llanadi. Masalan: issiqlik o’tkazmaydigan vermikulit-beton.