Gumbaz (qubba)

Gumbaz (qubba) – 1) bino va inshootlarning fazoviy tom yopmasi bo’lib, u aylana, ko’p burchakli, ellipssimon tarhga ega bo’ladi, har xil qavariq egri chiziqlar gumbazlarning shakl hosil qiluvchilari sifatida xizmat qiladi va ulada vertikal yuklardan asosan siquvchi kuchlar, tayanchlarda esa gorizontal kuchlar yuzaga keladi; 2) fazoviy qurilma, bino va inshootlarning qabariq egri sathli qubba shakliga ega tom yopmasi; 3) qubba shaklidagi tom; 4) tarhli aylana, to’g’ri to’rtburchak, ko’p burchak va boshqa shakldagi bino va inshootlarning yarim sharsimon qilib ishlangan tomi. Markaziy Osiyo me’morligida asosan yog’och, xom g’isht, pishiq g’ishtdan qurilgan. Gumbazning balxi, charxi, chortark, chorkunjak, mirzoiy, kulohiy, sholg’omiy va hokazo turlari bor. Masalan: vizantiya uslubidagi gumbaz, handasaviy gumbaz, serqirra gumbaz, qiya gumbaz, chodirsimon gumbaz, akustik gumbaz, ravoqsimon gumbaz, ravoqli gumbaz va hokazolar.