Diafragma (parda, to’siq)

Diafragma (parda, to’siq) – yuk ko’taruvchi tizimning bir qismini tashkil etuvchi vertikal (devor yoki panjarasimon elementlar ko’rinishida) yoki gorizontal (disklar ko’rinishida) yassi konstruksiya. Masalan: beton diafragma, tik to’siq, suv o’tkazmaydigan to’siq, temir-beton to’siq, bikr to’siq, qiya tirgak parda, to’g’on diafragmasi, ko’ndalang diafragma va hokazolar.