«BADOE UL-LUG’AT»
«BADOE UL-LUG’AT» («Ajoyib lug’at») — Alisher Navoiyning she’riyatini izohlash uchun tuzilgan O’zbekcha-forscha lug’at. Muallifi — Tole Hiraviy. 1500-yillarda Sulton Husaynning topshirig’iga binoan tuzilgan. «Badoe ul-lug’at»da mingga yaqin so’z va iboralar berilgan. Hajmi — 180 bet. 1-10 – betlarida lug’atchilik va bu lug’at haqida ma’lumot berilgan. Unda ot, sifat, son va olmoshlar bosh kelishikda, fe’llar masdar shaklida ko’rsatilgan. «Badoe ul-lug’at» lug’atchilik taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Prof. A. K. Borovkov tomonidan o’rganilib, nashr ettirilgan (1961).