BADRIDDIN KASHMIRIY
BADRIDDIN KASHMIRIY (to’liq ismi Badriddin ibn Abdussalom ibn Sayyid Ibrohim al-Husayniy alkashmiriy) (16-asr 2-yarmi) — tarixchi, adib, shoir. 1554 yil Kashmirdan Buxoroga kelgan va Jo’ybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom va uning vorislari Xoja Sa’d va Xoja Tojiddin Hasanning shaxsiy kotibi bo’lgan. Badriddin Kashmiriy Abdullaxon II ga bag’ishlangan «Zafarnoma» dostoni (1593), ko’plab masnaviy, g’azallar, shuningdek umumiy tarixning Shayboniyxongacha bo’lgan davrini qamrab olgan «Rasulnoma» asarini yozgan. Badriddin Kashmiriyning bizgacha yetib kelgan tarixiy asarlaridan biri «Ravzat arrizvon va Hadiqat alg’ilmon» («Rizvon (farishta) bog’i va g’ilmon bo’stoni») bo’lib, u taxminan 1589-90 yillarda yozilgan. Asar muqaddima, xotima va 7 bobdan (boblar fasllarga ajratilgan) iborat bo’lib, Jo’ybor xojalarining hayoti, ularning Shayboniy sultonlari bilan olib borgan yozishmalariga bag’ishlangan. Unda Movarounnahrning 16 – asr 2-yarmidagi iqtisodiysiyosiy ahvoli, madaniy hayoti, Buxoro xonligining Eron, shimoliy Hindiston, Qashqar, Xorazm, qozoqlar, qirg’izlar bilan siyosiy aloqalariga oid ko’plab ma’lumotlarni uchratish mumkin.