Yog’och materiallar
Yog’och materiallar – 1) yog’ochdan, tabiiy fizik va kimyoviy tarkibini saqlagan holda, kesilgan daraxtlardan, tushgan shoxlari va (yoki) uning bo’laklaridan ko’ndalang va (yoki) bo’ylamasiga kesib tayyorlangan materiallar; 2) igna bargli daraxt (qarag’ay, archa, oq qarag’ay, kedr va hokazolar) lar va kam hollarda bargli daraxt (qayin, tog’ terak, olxa, tol, qora qayin, lip) lardan olinadigan yog’ochlarni bo’ylama yo’nalishda arralash yo’li bilan olinadigan qurilish yog’och materiallari. Yog’och materiallari radialli, tangentsial va aralash arralanadigan turlarga bo’linadi.