BADRIY ABDULLA

BADRIY ABDULLA (1893, Samarqand — 1936) — o’zbek dramaturgi. Rus-tuzem maktabini tamomlab, muallimlik qilgan. 1910-yillarda yevropacha usuldagi yangi o’zbek teatrining shakllanishiga hissa qo’shgan. O’zining drama truppasini tashkil etdi. 1914-16 yillarda «Juvonmarg», «Ahmoq», «O’gay ota», «Boyvachcha» kabi pyesalarini yozdi. Ularda o’zbek xalqining o’tmishi va o’sha davrdagi kechmish hayoti aks ettiriladi. Xususan «Nomoz o’g’ri» (1920) pyesasida o’zbek xalqining rus bosqinchilariga qarshi kurashi yoritiladi. Pesa Badriy Abdulla truppasi kuchi bilan sahnalashtirilgan.