BAYONQULIXON
BAYONQULIXON (Buyonqulixon) Surgatu o’g’li (? — 1358) — Chig’atoy ulusi xoni (1348 — 58). Chig’atoylardan. Davlat ishlarini aslida uning nomidan Amir Qazag’on boshqargan. 1358 yil qishda Qazag’on fitnachilar tomonidan o’ldirilgach, uning o’g’li Amir Abdulla Bayonqulixonga qarshi Hisor hokimi bayon Sulduz va Kesh (Shahrisabz) hokimi Hoji Barlos bilan birgalikda bosh ko’targan. Samarqandga yaqin yerda bo’lgan jangda Bayonqulixon qo’lga olinib, qatl qilingan.