BAZA DETAL
BAZA DETAL, asos detal -1) mashina va mexanizmlarning uzel va detallarini biriktirishga hamda ularning bir-biriga tik (perpendikulyar) uchta koordinata tekisligida harakatlanishiga imkon beradigan detal. Baza detal mashina yoki mexanizmni yig’ishda asos hisoblanadi. Masalan, stanok staninasi, avtomobil ramasi (shassisi), reduktor tanasi (korpusi) va boshqalar; 2) asosan zavod, tsexlarni loyihalashda ishlab chiqarishning shartli dasturini aniqlash uchun zarur bo’ladigan, buyumlar guruhining konstruktiv, texnologik va boshqa tafsilotlarini ifodalaydigan asosiy tipaviy detal.