Zaminni mahkamlash
Zaminni mahkamlash – tabiiy holatda turgan zaminga, asosning ko’tarish xususiyatini oshirish, handaq va tog’ qazilmalari devorlarini mahkamlash, sizishga qarshi to’siqlar barpo qilish va shu kabilar maqsadida, maxsus ishlov berish (tsementlash, silikatlash, smolalash, loylashtirish, bitumlash, elektrokimyoviy yoki haroratli ta’sirlantirish, muzlatish va boshqalar) yo’li bilan yangi fizikaviy-mexanik xususiyat berish.