Zanjira

Zanjira – 1) hoshiya naqsh. Uchburchak piramida shakllar takrorlanishidan iborat; 2) naqsh turi; turli-tuman shakllar bir-biriga ulanib, uzluksiz takrorlanishidan hosil qilinadigan hoshiya naqsh. Naqsh mujassamotida ko’pincha doira atrofi yoki ikki chiziq orasiga ishlanadi.