BAYRON
BAYRON (Vugop) Jorj Noel Gordon (1788.22.1, London – 1824.19.4, Misolungi, Gresiya) — ingliz shoiri, Kembrij universitetida o’qigan. Lordlar palatasi a’zosi (1809 y.dan). «Chayld Harold ziyorati» dostonini (1812, 1817 — 18) yaratdi. Sharq dostonlari turkumidagi «Kofir», «Abidoslik kelin» (1813), «Qaroqchi», «Lara» (1814), «Korinf qamali», «Parizod» (1816) kabi dostonlari Nizomiyning «Layli va Majnun», Firdavsiyning «Yusuf va Zulayho» asarlari ta’sirida yozilgan. Bayron 1817 — 22 yillarda Italiyada yashaydi. «Tasso shikoyati» (1817), «Mazepa» (1818) poemalari, «Manfred» (1817), «Xotin» (1821) dramalarida adolatsizlikka qarshi kurashga chaqiradi, inson va dunyo muammosi yetakchi mavzu bo’lgan. Bayron 1818 yilda «Don Juan» she’riy romanini yozishga kirishgan. Asarda inson va muhit masalasi birinchi o’ringa chiqqan. Bunda Bayron romantizmdan realizmga o’tgan (asar tugallanmagan). Uning qator she’rlari, «Chayld Harold ziyorati», «Manfred», «Shiylon tutquni», «Shiylon soneta» dostonlari o’zbek tilida nashr qilingan.