Korxona (ustaxona)

Korxona (ustaxona) – 1) tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil, tashkiliy va alohida xo’jalik yurituvchi sub’yekt. Ko’pincha “firma”, “kompaniya”, “korporatsiya” atamalari “korxona” atamasining qisman sinonimi sifatida ishlaydi; 2) ishlab chiqarish xonasi; tsexning bir qismi.