BAKTRIM
BAKTRIM, biseptol — tarkibida sulfanilamid preparatlaridan sulfametoksazol va diaminopiramidin unumlaridan trimetoprim bo’lgan dori modda. Nafas va siydik yo’llari yallig’lanishi bilan kechadigan kasalliklarda, shuningdek me’da-ichak yo’lining yuqumli kasalliklarida, jarrohlik operasiyalaridan keyingi asoratlarning oldini olishda ishlatiladi.