Tarnov (nov)
Tarnov (nov) – 1) tomdan yog’in suvlarini chetga yo’naltiradigan moslama, nov; 2) suvning to’siq tojidan erkin oqib o’tuvchi yuza suv tashlash (bosimsiz); 3) suv oqimi toshib quyiladigan to’siq, bo’sag’a; 4) uzun va tor chuqurchali, suv oqimi uchun kanal, odatda yarim doira shaklidagi yog’och yoki qayirilgan tunuka listdan qilinadi. Yomg’ir suvlarini to’kish uchun tomlarga o’rnatilgan tarnovlar. Masalan: beton nov, o’tkir nishabli nov, suv yig’gich novi, asbotsement tarnov, beton tarnov va hokazolar.