Tasmali poydevor

Tasmali poydevor – uzluksiz (ba’zan uzuq-uzuq holatdagi) polosa yoki kesishuvchi tasmalar ko’rinishidagi konstruksiya. Bu poydevor quyma, yig’ma va namunaviy yoki individual elementlar va ishonchlilik hamda uzoqqa chidamlilikni ta’minlovchi materiallar (beton, g’isht, xarsangtosh)dan bajariladigan kombinatsiyalashgan variantlarda tayyorlanadi.